Vazirlik tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining ijodiy jamoasi Yaponiyadagi Xalqaro san’at festivalida ishtirok etdi
2025-01-27 12:00:00 / Yangiliklar
#Xalqaro_hamkorlik
#Yaponiya
Kuni kecha R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining ijodiy jamoasi "TOKIO TOWER ARTS" Xalqaro san’at festivalida ishtirok etib, o‘zbek musiqa san’atini namoyish etdi.
Unda, O‘zbekiston, Yaponiya, Malayziya va Koreya san’at vakillari ishtirokida qo‘shma konsert tashkil etildi. Ushbu konsert davomida har bir davlat o‘z milliy san’atini namoyish etdi.
Shuningdek, tadbir doirasida "TOSHIBA" Xalqaro fondi Prezidenti Hiroki Yamazaki bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda yuqori martabali rasmiy mehmonlar, diplomatlar va san’at namoyandalari ishtirok etishdi.