audio

    0+
    “Maqom san’atining nazariy va amaliy asoslari: muammo va yechimlar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasiga PRESS RELIZ

     

    28-29-iyun 2024-yil                                                           Jizzax viloyati, Zomin tumani

    Asrlar davomida ulug‘ shoir va olimlar, mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning mashaqqatli mehnati va fidoyiligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan ushbu noyob san’at nafaqat yurtimiz va sharq mamlakatlarida, balki dunyo miqyosida katta shuhrat va e’tibor qozongan. Maqom san’atining gultoji bo‘lgan “Shashmaqom” YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida e’tirof etilib, Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgani ham buning yaqqol tasdig‘idir.

    28–iyun kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida o‘tkazilayotgan II Xalqaro maqom san’ati anjumani doirasida “Maqom san’atining nazariy va amaliy asoslari: muammo va yechimlar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

    Unda, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazardekov hamda Turkiy Parlament Assambleyasi raisi Mehmet Sureyya Er Janoblari hamda 30 dan ortiq davlatdan 70 nafardan ziyod olimlar ishtirok etdi.

    “Ishonchimiz komilki, xalqaro festival doirasida o‘tkazilayotgan mazkur ilmiy-amaliy anjuman doirasida milliy musiqa san’atiga oid alohida mavzular bo‘yicha tashkil qilinayotgan bahs-munozara maydonlari,  ilmiy-amaliy va o‘zaro tajriba almashish, istiqbol va manfaatli rejalar ishlab chiqish, xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish, yangi g‘oya va loyihalarning boshlanishiga turtki beradi, deb o‘ylayman. Mamlakatimizning go‘zal manzillaridan biri – Jizzax viloyatining Zomin tumanida bo‘lib o‘tayotgan ushbu o‘ziga xos san’at bayrami doirasida o‘tkazilayotgan “Maqom san’atinıng nazarıy va amaliy asoslari: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amalıy konferensiya ishtirokchilarini yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman. Sizlarga va konferensiya ishiga muvaffaqiyat tilayman.” - dedi vazir Ozodbek Nazarbekov.

    29-iyun kuni Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini davom ettirib, olimlar maqom san’atiga doir o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

    Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yakunida barcha ishtirokchilarga O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazardekov tomonidan sertifikatlar taqdim etildi.

     

    • view_icon 44
    : 2024-06-29 18:02:34