Futbol bo‘yicha "Qoziyot kubogi" chempionati final o‘yini bo‘lib o‘tdi
2025-04-16 12:00:00 / Yangiliklar

Nukus shahridagi "Muhammad ibn Ahmad al Beruniy" o‘rta maxsus islom bilim yurtining sport maydonida mini-futbol bo‘yicha "Qoziyot kubogi" final o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Final bahsida Nukus shahridagi "Muhammad ibn Ahmad al Beruniy" o‘rta maxsus islom bilim yurtining "Do‘stlik" jamoasi 1-o‘rin g‘olibi bo‘ldi.
Taxtako‘pir va Qorao‘zak tumanlaridan tuzilgan "Dawqara" jamoasi 2-o‘rin, Nukus shahri diniy xizmatchilaridan tuzilgan "Orol" jamoasi 3-o‘rin g‘olibi bo‘ldi. Jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan final o‘yini uyushqoqlik bilan, qizg‘in o‘tdi.
Musobaqada g‘olib bo‘lgan jamoalar hamda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan futbolchilarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti va "Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Musobaqa yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari R.Nurazizov va Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi B.Razovlar musobaqa ishtirokchilarini g‘alabalari bilan tabriklab, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.




