O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 5-mart kuni "Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar"ga bag‘ishlangan Korrups
2025-03-18 10:15:00 / Yangiliklar
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida turli sohalarda yuz berayotgan korrupsiya ko‘rinishidagi huquqbuzarliklar mamlakatning jadal sur’atlardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy xavf tug‘dirayotgan tahdidlardan biridir.
Davlat idoralari, muassasa, korxona xodimlarining huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish, ularda huquqbuzarliklarning har qanday ko‘rinishiga, birinchi navbatda, korrupsiyaga qarshi munosabatni shakllantirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i B.Matmuratov va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i R.Sodiqov ishtirokida Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 5 mart kuni "Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar samaradorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar"ga bag‘ishlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashidagi ma’ruzasida belgilangan vazifa va topshiriqlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish va muloqot qilishga qaratilgan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Unda korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli tushuntirish ishlari olib borildi. Seminarda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha ishlarga to‘liq baho berildi hamda kelgusidagi vazifalarni aniq belgilab olish zarurligi ta’kidlandi.





