Jizzax viloyat 4-sektor rahbari jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan yigʻilish oʻtkazdi
2024-09-06 09:45:00 / Yangiliklar
Yigʻilishda viloyat sektor rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, viloyat, tuman prokurorlari, ichki ishlar organlari masʼullari, huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, mahalla raislari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida boshqarma boshligʻi mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash, krimnogen vaziyat murakkab boʻlgan, “qizil” toifadagi mahallalarni jinoyatdan holi mahallaga aylantirish, “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida ish olib borish hamda profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyati natijadorligini oshirish, profilaktika inspektorlarining xizmat sharoitini yanada yaxshilash masalalariga eʼtibor qaratdi.
Shuningdek, viloyat 4- sektor rahbari “Baxt” mahallasida sodir boʻlgan huquqbuzarlik va jinoyatlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Mazkur tadbirda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish ahvoli muhokama qilinib, bu boradagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.