Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi
2025-04-25 14:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo’mitasida Korrupsiya illatlarini oldini olish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Qo‘mita rahbariyati va xodimlari ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan Qo‘mita bosh yurskonsulti F.Rasulov so‘zga chiqib kerakli ma`lumotlarni berib o`tdi.
Ta’kidlanganidek, hozirgi kunda dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan eng birlamchi masalalardan biri korrupsiya muammosidir. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro miqyosga ko‘tarilib, jahon siyosatining muhim masalalaridan biriga aylandi. Binobarin, ushbu illat nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq bo‘lishi, balki belgilangan maqsadlarga erishishga ham bevosita tahdid tug‘dirishi barchaga ma’lum. Korrupsiyaning har qanday ko`rinishi davlat va jamiyatning barqarorligi, tinchligi, taraqqiyoti uchun xavflidir. Unga qarshi yoshu qari ma’rifat bilan kurashsagina bu illatning ildizini quritishga erisha olamiz. Yig`ilish davomida xodimlar о‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.


