muhim axborot
2025-04-29 12:00:00 / Tanqidiy materiallarga bildirilgan rasmiy munosabat

Termiz shahrida 2025-yil 29-aprelda atmosfera havosining ifloslanishi haqida ma’lumot
Meteorologik sharoitlar - shamolning kuchayishi sababli, Termiz shahrining atmosfera havosida chang zarralari miqdorining ko‘payishi kuzatilmoqda. Shamol tezligi 7,9 km/s.
Avtomatik monitoring stansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra:
🔺11:00 da atmosfera havosidagi mayda PM10 zarrachalarining miqdori 2122 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan me’yor (REM)dan 4,2 marta oshib ketdi.
Mayda dispersli PM2,5 zarrachalari miqdori 480 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu REMdan 13,7 marta oshib ketdi.
🔺12:00 da atmosfera havosidagi mayda PM10 zarrachalarining miqdori 3559 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu REMdan 7,1 marta oshib ketdi.
Mayda dispersli PM2,5 zarrachalari miqdori 799 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu REMdan 22,8 marta oshib ketdi.
Ma’lumot uchun: Ifloslantiruvchi moddalar miqdori SanQvaM 0053-23 bilan taqqoslanadi, unga 2024 yil 27 mayda RM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori bo‘yicha o‘zgartirish kiritilgan.
Atmosfera haavosida PM10 mayda dispersli zarrachalning maksimal ruxsat etilgan me'yori 500 mkg/m3.
PM2,5 mayda dispersli zarrachalarning maksimal ruxsat etilgan me'yori 35 mkg/m3.
