Xitoylik investorlar faoliyati o‘rganildi
2025-04-07 09:20:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Uzoqov va G‘uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov Xitoyning (Shinjon provinsiyasi) "Xinjiang Liuhua" kompaniyasi tasarrufidagi "Qashqadaryo Jingu" MCHJning paxta xom-ashyosini yetishtirish uchun imkoniyatlari bilan qiziqdi.
Rahbarlar dastlab xitoylik investorlarni moddiy texnik taʼminoti yaʼni 30 dan ortiq qishloq xo‘jaligi texnikalari va chigit urug‘ini sifati bilan yaqindan tanishdi.
Shundan so‘ng, paxta xom-ashyosini yetishtirish uchun yer tayyorlash, suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish, doimiy suv taʼminoti uchun artezian quduqlarini qazish kabi ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Maʼlumot uchun, G‘uzor tumani hududidan 2700 gektar maydonni o‘zlashtirib, zamonaviy texnologiyalar asosida paxta xom-ashyosini yetishtirishni maqsad qilgan xitoylik investorlar tez kunlarda chigit ekish ishlarini boshlab yuborishadi.









