Toshkent viloyatida vazirlikning hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalari bo‘lim boshliqlari uchun amaliy seminar tashkil etildi
2025-02-11 10:05:00 / Yangiliklar

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad, respublikada radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofazani ta’minlash hamda shu sohada mavjud xavflarning oldini olish, sodir bo‘lganda oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish yuzasidan xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda kasbiy tayyorgarligini yanada takomillashtirishdan iborat bo‘ldi.
Jarayonda, mas’ul xodimlar joyiga chiqqan holda radioaktiv chiqindilar ko‘milgan poligonlarni xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar hamda hududda joylashgan bojxona omborida “Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy modda (mahsulot)larni saqlash, tashish, ulardan foydalanish va ularni yo‘q qilish tadbirlari borasida bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.