Vazirlik tizimida Tergovga qadar tekshiruv oʻtkazuvchi mansabdor shaxslar bilan videokonfirensiya orqali “onlayn” seminar mashgʻuloti oʻtkazildi
2025-01-30 17:35:00 / Yangiliklar
Seminarda hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalarning tergovga qadar tekshiruv oʻtkazuvchi mansabdor shaxslarga tergovga qadar tekshiruv oʻtkazish tartibi va qoidalari yuzasidan tushuntirish berildi va 2024-yil yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan tekshiruv materiallarida aniqlangan kamchiliklar muhokama qilib olindi. Shuningdek, 2025-yil davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha mas'ul xodimlarga aniq vazifalar berildi.