“Askar onalarini sharaflaymiz”
2025-01-13 08:55:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasining muddatli harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari ishtirokida “Toshkent - Taxtako‘pir - Sirdaryo” o‘rtasida “Askar onalarini sharaflaymiz” shiori ostida madaniy-ma’rifiy videomuloqot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatining turli hududlarida yigitlik burchini o‘tayotgan askarlarning ota-onalari va oila a’zolari ishtirok etdi.
Muloqot davomida ota-onalar farzandlarining harbiy hayoti, ularga yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Tadbirda harbiy xizmat davomida safdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan askarlar, ularning ota-onalariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirilib, tadbir davomida kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.