Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida tashkil etilgan Vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar
2025-01-10 12:20:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari FVB tomonidan "Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shiori ostida tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirlarda, yoshlarni kasbga qiziqtirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bugungi kunda yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida davra suhbati tashkil etildi hamda qutqaruvchilarning maxsus asbob-anjomlari, yong‘in-qutqaruv texnikalari namoyishi o‘tkazildi.