Namangan, Xorazm, Surxondaryo va Samarqand viloyatlari FVB boshliqlari tomonidan qish mavsumi hamda Yangi yil bayramini betalofat o‘tkazish yuzasidan tungi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
2024-12-20 16:25:00 / Yangiliklar
Unda, aholini uzluksiz energiya resurslari bilan ta’minlash, kommunal soha obyektlarida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda maxsus xizmatlarning shayligini oshirishga ham alohida e'tibor qaratildi.
Tadbirlar davomida tungi vaqtda xizmat olib borayotgan ishchi-xodimlarga favqulodda vaziyatlar, yong‘in va boshqa turdagi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish, sodir bo‘lganda harakatlanish tartiblari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, ularga kerakli tavsiyalar berildi.
Bu kabi profilaktik tadbirlar Respublikamizning barcha hududlarida olib borilmoqda.