“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi bo‘yicha Buxoro viloyati bosqichi o‘tkazildi
2024-11-11 10:25:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyatida xotin-qizlarning jamiyatdagi ro‘lini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha “Gender tenglik faoli” milliy tanlov bo‘lib o‘tdi.
Tanlovni o‘tkazishdan maqsad, har bir tashkilotda gender tenglikni ta'minlashga qaratilgan siyosatni shakllantirish, tashkilotlar faoliyatiga gender yondashuvlarni joriy etish, gender tenglikka erishish masalalariga jamoatchilik e'tiborini keng jalb etish, turli tuzilmalar faoliyatiga gender tenglikni singdirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirda Buxoro viloyati FVB ayol harbiy xizmatchilari ham faol ishtirok etib, 9 ta nominatsiya bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichlarga erishdi hamda viloyat hokimi B.K.Zaripov tomonidan "Tashakkurnoma" va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.