Otaliqqa olingan yoshlar bilan huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi
2024-10-30 10:25:00 / Yangiliklar
Navoiy viloyatining Zarafshon shahar, Konimex hamda Karmana tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimlari masʼul xodimlari tomonidan FVB tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Tadbir davomida masʼullar yoshlarning huquqiy bilim va koʻnikmalarini oshirish bilan bir qatorda ularning sohaga oid qiziqtirgan savollari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berdilar. Bu kabi tadbirlar yoshlarni qo‘llab-quvatlash, qutqaruvchi kasbiga qiziqtirish, kelajak hayotlarida o‘z yo‘llarini topishlariga ko‘maklashishdan iboratdir.