DIQQAT E’LON❗️
2024-10-07 10:40:00 / Yangiliklar
“Aholi va hududlarni muhandislik muhofazasi kafedrasi” kafedrasi bo‘yicha:
1 nafar - kafedra dotsenti (Binolar, inshootlar va ularning favqulodda vaziyatlarga bardoshliligi, Yong‘inni tergovga qadar tekshiruvi va ekspertizasi fanlari bo‘yicha) lavozimi.
“Tillar” kafedrasi” bo‘yicha:
1 nafar – kafedra professori (Ingliz tili fani bo‘yicha) lavozimi;
“Umumkasbiy va umumilmiy fanlar” kafedrasi bo‘yicha:
1 nafar - kafedra professori (Issiqlik texnikasi, Amaliy mexanika fanlari bo‘yicha) lavozimi.
Tanlovda qatnashishni xohlovchilar Akademiya boshlig‘i nomiga ariza va unga ilova qilib quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa;
Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlar nusxasi;
Ilmiy daraja (shu jumladan, fan doktori (DSc), falsafa doktori (PhD), fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD)darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) egaligi to‘g‘risida guvohnoma;
Ilmiy unvonga egaligi to‘g‘risida guvohnoma;
Ilmiy ishlar (monografiya, maqola, tezis va ma’ruza) va ixtirolar mavjud bo‘lgan taqdirda ular tegishli diplomlar, attestatlar nusxalari va ilmiy ishlar nusxasi va ro‘yxati;
Malaka oshirish to‘g‘risidagi guvohnomalar nusxasi.
Lavozimlar bo‘yicha talablar:
Professor lavozimini egallash uchun tanlovda, professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.
Dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, dotsent ilmiy unvoniga, katta ilmiy xodim yoki fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.
Manzil: Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Do‘stlik ko‘chasi 5-uy. Telefonlar – 71-258-56-27, 97-764-34-87