Hamkorlikdagi o‘quv seminari
2024-09-23 15:05:00 / Yangiliklar
Seminarda nogironligi bo‘lgan va harakati cheklangan shaxslarning yashash va sog‘liq huquqlarini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarda ularni qutqarish, yordam ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar berildi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi hamda Respublika tezkor xizmati koordinatori, Favqulodda vaziyatlarda yordam berish ko‘ngilli otryadlar tomonidan "Favqulodda vaziyatlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarni vaqtinchalik joylashtirish markaziga evakuatsiya qilish" harakatlari ko‘rsatib berildi.
O‘tkazilgan seminar davomida Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazining Eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dispetcherlik xizmati xodimlari tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga surda-tarjima orqali tushuntirib borildi.