Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan ilmiy delegatsiyaning bugungi safari Urgut tumanida davom etmoqda.
2025-07-22 18:45:00 / News
🧵 Dastlab, “Urgut Silk Feebir Compiniy” MChJ faoliyati o‘rganildi. Mazkur korxonada:
• Pilla xom ashyosi kasanachilik asosida yetishtiriladi;
• Qayta ishlanadi va eksportga yo‘naltiriladi.
🔁 To‘liq ishlab chiqarish sikli mavjud.
🏡 Bugungi kunda bu korxona 7200 dan ortiq kasanachi oilalar bilan hamkorlik qilmoqda!
🔧 Shuningdek, delegatsiya “Sam Ferre” korxonasida ham bo‘ldi. Bu yerda uy-ro‘zg‘or jihozlari va maishiy texnika ishlab chiqarilishi bilan yaqindan tanishdilar.
🌍 Tashrif doirasida Xitoylik mutaxassislar O‘zbekistonda kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik va mahallabay yondashuv asosida yaratilgan ish o‘rinlari va eksport salohiyatini yuksak baholashmoqda.
