Appeals of individuals and legal entities
ANDIJON VILOYATI MARHAMAT TUMANI HOKIMINING FARMOYISHI
Marhamat tumani hokimligi 2026-yil 11-aprel 33-1-24-F/26
Marhamat tumanida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda bu borada “Qarshi shahar tajribasi”ni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2026-yil 13-mart kuni aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, Xalq qabulxonalari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, bu borada barcha darajadagi rahbarlarning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish, shuningdek, aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunlarining 6- va 211-moddalariga asosan:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2026-yil 13-mart kuni aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, Xalq qabulxonalari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar rahbarlik va amalda ijrosini ta’minlash uchun qabul qilinsin.
- Marhamat tumani hokimining barcha o‘rinbosarlari, barcha darajadagi tashkilotlar rahbarlarining aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal qilish bilan bir qatorda, muammoning kelib chiqish sabablari bilan ishlashlari asosiy vazifalaridan biri ekanligi belgilab qo‘yilsin.
- Quyidagilar:
Tumanda aholi murojaatlari bilan ishlash va ularni hal etish ishlarini tashkillashtirish va muvofiqlashtirib borish bo‘yicha tuman hokimligi hamda mutasaddi tuman tashkilotlarining rahbarlarini biriktirish jadvali 1-ilovaga va ularning vazifalari 2-ilovaga muvofiq;
Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi yuzasidan “Marhamat tumani tajribasi”ni yaratish bo‘yicha tuman shtabining tarkibi 3-ilovaga va uning vazifalari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Aholi murojaatlari bilan ishlash va ularni hal etish ishlarini tashkillashtirish va muvofiqlashtirib borish bo‘yicha tumanda biriktirilgan tuman hokimligi hamda tuman mutasaddi tashkilotlarining rahbarlari:
uch kun muddatda biriktirilgan tuman hokimligi bilan birgalikda aholi murojaatlari bilan ishlash va ularni hal etish ishlarini tashkillashtirsin hamda tuman shtabi faoliyatini yo‘lga qo‘ysin; har haftada kamida bir marotaba biriktirilgan hududga borgan holda aholi murojaatlari bilan ishlash va ularni hal etish jarayonlarini o‘rganib, muvofiqlashtirib borsin;
ushbu farmoyishning 2-ilovasiga muvofiq, biriktirilgan hududda aholi murojaatlari bilan ishlash va ularni hal etish ishlarini tashkillashtirish va muvofiqlashtirib borish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlasin; muntazam ravishda biriktirilgan hududlarda aholi murojaatlari bilan ishlash va ularni hal etish ishlarini muvofiqlashtirib, har haftada kamida bir marotaba mas’ul rahbarlar ishtirokida tanqidiy muhokama qilsin hamda murojaatlar ko‘paygan mahallalarda shaxsiy va sayyor qabullarni o‘tkazib borsin; har hafta yakunida aholi murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarning kelib chiqish sabablarini tahlil qilgan holda tuman va viloyat darajasida hal etiladigan masalalar yuzasidan yozma ravishda tuman hokimiga takliflar hamda haftalik hisobotlarni kiritib borsin.
- Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi yuzasidan “Qarshi shahartajribasi”ni yaratish bo‘yicha tuman shtabi (Sh.Abdurazzaqov, M.Kamoliddinov, T.Qayumov):alohida topshiriq bo‘lgunga qadar tuman shtabining aholi murojaatlar bilan ishlash tizimi yuzasidan “Marhamat tumani tajribasi”ni yaratishga qaratilgan faoliyatini samarali tashkillashtirib borsin; ushbu Farmoyishning 4-ilovasiga muvofiq, tuman shtabining zimmasiga
yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlasin; muntazam ravishdaaholi murojaatlari bilan ishlash va ularni hal etish ishlarini tashkillashtirish bo‘yicha tuman shtabi faoliyatini muvofiqlashtirib, unga zarur uslubiy va amaliy yordamlarni ko‘rsatib borsin;
har haftada kamida bir marotaba aholi murojaatlari ko‘payib borayotgan, ularni ijobiy hal etish choralarini ko‘rmayotgan hamda ko‘rib chiqish yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatlarning buzilishiga yo‘l qo‘yilayotgan tuman mutasaddi tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlash tizimini tanqidiy o‘rganishlarni tashkillashtirib, jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan mas’ullarga nisbatan intizomiy yoki ma’muriy jazolarni qo‘llash yuzasidan tuman hokimiga takliflar kiritib borsin; har hafta yakunida tumanda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammo va kamchiliklar hamda takliflar o‘z aksini topgan haftalik hisobotlarni, shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarning kelib chiqish sabablarini tahlil qilgan holda tuman va viloyat darajasida hal etiladigan masalalar yuzasidan yozma ravishda tuman hokimiga takliflarni kiritib borsin.
- Tuman hokimining barcha o‘rinbosarlari, tuman tashkilotlari rahbarlari:
muntazam ravishda faoliyat yo‘nalishlariga oid hamda mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar faoliyatiga oid kelib tushgan aholi murojaatlarini shaxsan nazorat qilsin va ijobiy hal etilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin;
har haftada kamida bir marotaba belgilangan jadvallar asosida shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullarni, ayniqsa birinchi navbatda murojaatlar ko‘paygan hamda takroriy va jamoaviy murojaatlar kelib tushgan mahallalarda o‘tkazib borsin; faoliyat yo‘nalishlariga oid hamda mutasaddilik qilinadigantashkilotlarfaoliyatiga oid kelib tushgan aholi murojaatlarida ko‘tarilgan, ammo hal etilmagan muammoli masalalarni shaxsan joyiga chiqqan holda o‘rganib borsin hamda ijobiy hal etilishini ta’minlasin; qonuniy yechimini topmagan takroriy va jamoaviy murojaatlarning har biri bo‘yicha qaytadan alohida o‘rganishlarni olib borish va hal etish choralarini ko‘rib borsin.
- Majburiy ijro byurosining tuman bo‘limi (A.Tashmatov), kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi (I.Botirov), AT Xalq banki Marhamat BXM boshlig‘i (M.Parpiyev), AT Milliybank Marhamat BXM boshlig‘i (M.Mamajonov), Agrobank ATB Marhamat filiali (B.Komilov), Mikrokreditbank ATB Marhamat BXM v.v.b (O.Maxsudaliyev), soliq inspeksiyasi boshlig‘i v.v.b (F.Erkaboyev), Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman bo‘limi (U.Mamajonov) tuman hokimligi bilan birgalikda:
bir oy muddatda “mahalla yettiliklari” bilan hamkorlikda aliment to‘lovchilarning daromadlarini aniqlash, ularni shakllantirish va oshirib borish maqsadida ularning bandligini to‘liq ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, xorijda ishlash istagida bo‘lganlarni belgilangan tartibda shartnoma asosida chet el davlatlaridagi yuqori daromadli ishlarga yuborishga ko‘maklashish bo‘yicha “Qarshi shahar tajribasi”ni joriy etish hamda ushbu tajribaning barqarorligini ta’minlash choralarini ko‘rib borsin.
Marhamat tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i v.v.b (F.Erkaboyev) Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman bo‘limi boshlig‘i (U.Mamajanov) bilan birgalikda daromadini yashirib kelayotgan aliment to‘lovchilarning faoliyatini “soyadan” chiqarish choralarini ko‘rsin.
- Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Abdurazzaqov, tuman hokimining o‘rinboari – tuman Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i B.Soliyev, AT Xalq banki Marhamat BXM boshlig‘i (M.Parpiyev), AT Milliybank Marhamat BXM boshlig‘i (M.Mamajonov), Agrobank ATB Marhamat filiali (B.Komilov), Mikrokreditbank ATB Marhamat BXM v.v.b (O.Maxsudaliyev), tuman hokimligi bilan birgalikda:
2026-yil 15-mayga qadar tumanda xodimlariga oylik ish haqlarini to‘lamayotgan tashkilotlarning moliyaviy ahvolini tahlil qilib, xomashyo, aylanma mablag‘, infratuzilma, bozor topish bilan bog‘liq masalalarni hal qilib berish, oylikni asossiz bermayotgan korxonalardan esa o‘rnatilgan tartibda majburiy undirish choralarini ko‘rsin.
- Tuman hokimining o‘rinbosari D.Ismoilov tuman tashkilotlari bilanbirgalikda:
ikki hafta muddatda tumanda ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalarining faoliyatidan norozilik bildirilgan murojaatlarni mahallalarga shaxsan borgan hamda aholi va boshqaruv kompaniyalari bilan uchrashgan holda, muammolarning sabablarini aniqlasin hamda bartaraf etish choralarini ko‘rsin.
Bunda puldan qiynalayotgan boshqaruv kompaniyalariga aylanma mablag‘larni topib berish, elektr, yo‘l, suv va kanalizatsiya bilan bog‘liq muammolarni investisiya dasturiga qo‘shimcha kiritish, Majburiy ijro byurosi bilan boshqaruv kompaniyalarining debitor qarzdorligini undirishga ko‘maklashish ishlarini tashkil etsin.
- Tuman hokimining o‘rinbosarlari Sh.Abdurazzaqov, D.Ismoilov, X.Mamarizayevalar tijorat banklari rahbarlari bilan birgalikda:
o‘n kun muddatda uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarning egalari bilan birma-bir muloqot o‘tkazgan holda, ularga yangi qurilayotgan uy-joylarni taklif etish, kredit, subsidiya bo‘yicha masalalarni tezkorlik bilan hal qilib berish choralarini ko‘rsinlar.
- Adliya bo‘limi (A.Madraximov), tibbiyot birlashmasi (O‘.Imomov), oila va xotin-qizlar bo‘limi (X.Mamarizayeva), Mahallalar uyushmasining tuman bo‘limi (I.Teshaboyev), maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi (S.Shamshiyeva) lar birgalikda:
bir oy muddatda tumandagi barcha mahallalarda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani olmagan bolalarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish orqali ularga bunday hujjatni rasmiylashtirish hamda belgilangan tartibda tegishincha maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablariga joylashtirilishini ta’minlasinlar.
- Tuman Ichki ishlar bo‘limi (R.Jaloldinov) Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman bo‘limi (Sh.Ismatullayev) va boshqa mutasaddi tuman tashkilotlari bilan birgalikda:
joriy yil 1-maydan boshlab ichki ishlar idoralari xodimlarini aholi muammolarini eshitish, profilaktika inspektorlari va tergovchilarning kasbiy va muomala madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘qitish ishlarini tizimli ravishda tashkil etib borsin.
Bunda haftaning bir kunini “tumanda yosh tergovchilar, profilaktika inspektori, yo‘l va post-patrul xodimlarini o‘qitish, muomala madaniyatini o‘rgatish kuni” deb belgilansin.
Majburiy ijro byurosining tuman bo‘limi (A.Tashmatov), soliq inspeksiyasi v.v.b (F.Erkaboyev), tibbiyot birlashmasi (O‘.Imomov), maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi (S.Shamshiyeva), “Marhamat tuman Elektr tarmoqlari korxonasi” (J.Abdug‘aniyev), “Marhamat tuman suvta’minot” MCHJ (Sh.Ergashov), “Hududgaz Marhamat tuman filiali” (I.Maxmudov) yuqoridagi tartib asosida o‘z tizimidagi xodimlarini o‘qitish va ularning muomala madaniyatini o‘rgatish tizimini yo‘lga qo‘ysin.
- Tuman hokimining o‘rinbosarlari Sh.Abdurazzaqov, M.Maxamatov,kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi (I.Botirov), Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman bo‘limi (M.Ashurov), maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi (S.Shamshiyeva), AT Xalq banki Marhamat BXM boshlig‘i (M.Parpiyev), AT Milliybank Marhamat BXM boshlig‘i (M.Mamajonov), Agrobank ATB Marhamat filiali (B.Komilov), Mikrokreditbank ATB Marhamat BXM v.v.b (O.Maxsudaliyev) tuman hokimligi bilan birgalikda:
bir oy muddatda nafaqa va moddiy yordam to‘lash haqida murojaat qilganayollarning muammosini faqat nafaqa to‘lash nuqtai-nazaridan emas, balki boshqa qiyinchiliklari bilan birgalikda kompleks ravishda ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman tajribasini yaratishva barqarorligini ta’minlash bo‘yicha barcha choratadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlasin.
Bunda:tuman hokimlarining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshliqlari bilan birgalikda ushbu ayollarning farzandlarini bog‘chaga joylashtirish; hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollari bilan ishsiz ayollarni kasb-
hunarlarga o‘qitib, mahallaning o‘zida ishlashiga sharoit qilib berish; tijorat banklari tomonidan yolg‘iz onalarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan ayollarga esa faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli kreditlar olishga ko‘maklashish;
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan nogironligi bor ayollarga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish ishlarining amalga oshirilishi ta’minlasin.
- Tuman hokimining o‘rinbosarlari Sh.Abdurazzaqov, D.Ismoilovlar:
uch oy muddatda tumanda infratuzilmani yaxshilash bilan bog‘liq aholi murojaatlarida ko‘tarilgan barcha muammoli masalalarni to‘liq hal etish, zarur hollarda ushbu yo‘nalishga mahalliy byudjetdan zarur moliyaviy mablag‘larni ajratish choralarini ko‘rsin.
- Tuman hokimligi tuman mutasaddi tashkilotlari bilan birgalikda:
uch kun muddatda tumanga biriktirilgan mas’ul rahbarlar bilan hamkorlikda aholi murojaatlari bilan ishlash va ularni hal etish ishlarini tashkillashtirsin hamda tuman shtabi faoliyatini yo‘lga qo‘ysinlar; muntazam ravishda infratuzilmani yaxshilash bilan bog‘liq kelib tushayotgan aholi murojaatlarida tahlil qilgan holda, ularni loyiha asosida hal etish choralarini ko‘rib borsinlar;
joriy yil 1 iyunga qadar tumanni murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha namunali
hududga aylantirish choralarini ko‘rsinlar; bir hafta muddatda ushbu farmoyishda belgilangan topshiriqlar hamda tumanni murojaatlar tahlilidan kelib chiqqan holda, oylik ish rejalarning ishlab chiqilishi va xalq deputatlari tuman Kengashida tasdiqlatib, ijroga qaratish hamda aholiga murojaat qilish choralarini ko‘rsin.
- Mahallalar uyushmasining tuman bo‘limi (I.Teshaboyev), kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklshish bo‘limi (I.botirov), Ichki ishlar bo‘limi (R.Jaloldinov), oila va xotin-qizlar bo‘limi (X.Mamarizayeva), soliq inspeksiyasi v.v.b (F.Erkaboyev), ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman bo‘limi (M.Ashurov), tuman yoshlar ishlari bo‘limi (M.Abdug‘aniyev) tuman hokimligi bilan birgalikda:
uch kun muddatda aholi murojaatlari bilan ishlash hamda ularda ko‘tarilgan muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash va bartaraf etishda “mahalla yettiliklari”ning mas’uliyati va javobgarligini oshirishga qaratilgan qo‘shma qaror va nizomni ishlab chiqib, ular faoliyatiga tadbiq etish choralarini ko‘rsin.
Bunda aholi murojaatlarida ko‘tarilgan muammoli masalalar yuzasidan har bir soha kesimida “mahalla yettiliklari” tomonidan kelib chiqish sabablarini aniqlash va bartaraf etish mexanizmlari, muddatlari, tartib-taomillari va hamkorlik yo‘nalishlarini, tuman bo‘limlarining vazifalari aniq belgilab qo‘yilishi ta’minlansin.Qo‘shma qaror va nizom talablari dastlab “mahalla yettiliklari”ga tushuntirgan holda, amaliyotga joriy etilishi belgilab qo‘yilsin.
- Respublika Ma’naviyat va markazining tuman bo‘limi (Sh.Ismatullayev), “Nuroniy” jamg‘armasining tuman bo‘limi (M.Ergashev), Mahallalar uyushmasining tuman bo‘limi (I.Teshaboyev), madaniyat bo‘limi (A.Mirzayeva) tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:
muntazam ravishda reja-grafik asosida murojaatlar soni ko‘payib borayotgan mahallalarda aholi o‘rtasida manzilli va ta’sirchan ahamiyatga ega bo‘lgan “shukronalik” tadbirlari hamda boshqa ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlarni o‘tkazib borsin.
- Tuman hokimligi: muntazam ravishda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi yuzasidan “Qarshi shahar tajribasi”ni yaratish va barqarorligini ta’minlash bo‘yicha barcha tashkiliy chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlasin.
- Belgilab qo‘yilsinki, tuman hokimining barcha o‘rinbosarlari, tuman idora va tashkilotlar, bo‘limlar rahbarlari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z muddatida, ijobiy hal etilishiga va ijrosini nazorat qilishga shaxsan mas’ul va javobgardir.
- Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldirama
XALQ DEPUTATLARI MARHAMAT TUMANI KENGASHINING Q A R O R I
2026-yil 12-may VII-21-53-1-24-K/26 Marhamat tumani
Aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish bo‘yicha Qarshi shahar tajribasi asosida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yil 13-mart kuni “Xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, aholi tomonidan ko‘tarilgan masala va muammolarni zudlik bilan hal qilish choralarini ko‘rish ustuvor vazifa ekanligi, bu borada ta’sirchan choralar ko‘rish, mutasaddi rahbarlar mas’uliyatini oshirish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berilgan.
Hududlarda “Mahallabay”, “Sayyor qabul” va “Shaxsiy qabul”larni tashkil etish, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish, ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash, uy-joy kommunal xizmatlari, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholi tomorqa maydonlaridan unumli foydalanishni tashkil etish, aholi, ayniqsa ayollar va yoshlar bandligini ta’minlash, uyma-uy yurish orqali aholining muammolarini o‘rganish hamda belgilangan tartibda ijobiy hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilangan.
Shuningdek, yig‘ilishda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, murojaatlar sababini aniqlash va ularni tezkor hal etishda Qarshi shahar tajribasidan kelib chiqib, barcha tuman va shaharlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va Xalq deputatlari Kengashi tasdig‘iga kiritish topshirig‘i berilgan.
Marhamat tumanida aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish bo‘yicha Qarshi shahri tajribasi asosida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-, 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Marhamat tumani Kengashi
QAROR QILADI:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yil 13-mart kuni “Xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, murojaatlar sababini aniqlash va ularni tezkor hal etishda Qarshi shahar tajribasidan kelib chiqib, barcha tuman va shaharlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha chora- tadbirlar rejasini ishlab chiqish va Xalq deputatlari Kengashi tasdig‘iga kiritish topshirig‘i ijro uchun qabul qilinsin.
- Marhamat tumanida Xalq qabulxonasi bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish bo‘yicha Qarshi shahar tajribasi asosida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Tuman hokimining barcha o‘rinbosarlari, tuman tashkilotlarigamuntazam ravishda faoliyat yo‘nalishlariga oid kelib tushgan aholi murojaatlarini shaxsan nazorat qilsin va ijobiy hal etilishini ta’minlash; belgilangan jadvallar asosida shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullarni birinchi navbatda murojaatlar ko‘paygan hamda takroriy va jamoaviy murojaatlar kelib tushgan mahallalarda o‘tkazib, aholi murojaatlarida ko‘tarilgan, ammo hal etilmagan muammoli masalalarni shaxsan joyiga chiqqan holda o‘rganib borsin hamda qonuniy yechimini topmagan takroriy va jamoaviy murojaatlarning har biri bo‘yicha qaytadan alohida o‘rganishlarni olib borish va hal etish choralarini ko‘rish;
“mahalla yettiliklari” bilan hamkorlikda aholi bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, xorijda ishlash istagida bo‘lganlarni belgilangan tartibda shartnoma asosida chet el davlatlaridagi yuqori daromadli ishlarga yuborishga ko‘maklashish bo‘yicha
“Qarshi shahar tajribasi”ni joriy etish; tumandagi ijtimoiy masalalar, uy-joy, kommunal, yo‘l, energiya, suv va issiqlik ta’minoti, ijtimoiy soha obektlari, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa muassasalarning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash hamda bu boradagi mavjud muammolarni hal qilishga alohida e’tibor qaratish; chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini belgilangan
tartibda va muddatlarda bajarilishini ta’minlasinlar.
- Marhamat tumani Xalq qabulxonasi chora-tadbirlar rejasining ijrosi bo‘yicha har chorakda Xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot kiritib borsin.
- Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyalari va deputatlari joylarda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda aholi murojaatlari va muammolarini o‘rganib borsin.
- Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Abdurazzaqov, qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Marhamat tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (Z.Roziqov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi
MUSURMONKULOV ABDULPATTO XXX
Xalq deputatlari Marhamat tumani
Kengashining
2026-yil 12-maydagi
|
№ |
Amalga oshiriladigan ishlar |
Bajarilish mexanizmi |
Muddati |
Mas’ullar
|
|
|
I. Tashkiliy-amaliy tadbirlar |
|
||
|
1. |
Aholi murojaatlari bilan ishlash jarayonini muvofiqlashtirish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi “Tuman shtabi”ni tashkil qilish. |
|
Bir kun muddatda |
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari |
|
2. |
Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni tizimli hal qilish bo‘yicha ishchi guruhlar faoliyatini tashkil etish. |
|
Bir kun muddatda |
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari |
|
3. |
Tumandagi bo‘lim, tashkilot va muassasalarning murojaatlar bilan |
1.Seminar mavzularini tanlash va rejalashtirish. 2. Eng ko‘p murojaat kelib tushayotgan sohalar uchun malakali trenerlar va mutaxassislarni jalb |
Reja-jadval asosida |
Tuman hokimining o‘rinbosari, |
VII-21-53-1-24-K/26 -son qaroriga 1-ilova
Marhamat tumanida Xalq qabulxonasi bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish bo‘yicha “Qarshi shahri tajribasi” asosida amalga oshiriladigan
CHORA-TADBIRLAR REJASI
|
№ |
Amalga oshiriladigan ishlar |
Bajarilish mexanizmi |
Muddati |
Mas’ullar |
|
|
ishlashga mas’ul xodimlari ishtirokida o‘quv seminarlarini o‘tkazish. |
qilish. 3.Seminar natijalarini baholash va amaliyotga joriy qilish. |
|
Marhamat tumani Xalq qabulxonasi, tumanAdliya bo‘limi |
|
4. |
Tumandagi bo‘lim, tashkilot va muassasa rahbarlariga murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodimlar kasbiy bilim va malakalarini oshirish maqsadida reja-grafik asosida tuman Xalq qabulxonasida qisqa muddatli stajirovkalar o‘tkazish. |
|
Reja-jadval asosida |
Tumandagi bo‘lim, tashkilot va muassasa rahbarlari, Marhamat tumani Xalq qabulxonasi |
|
5. |
Murojaatlarni har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida eng ko‘p murojaatlar tushayotgan tashkilotlardan tuman Xalq qabulxonasiga malakali mutaxassislarni doimiy asosda biriktirish. |
|
Doimiy |
Tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, Marhamat tumani Xalq qabulxonasi |
|
II. Murojaatlarda ko‘tarilayotgan muammolarni o‘rganish va tizimli asosda hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar (Qarshi shahri tajribasi asosida) |
||||
|
6. |
Murojaatlarni tegishli sohalar (yo‘nalishlar, masalalar), tashkilot va mahallalar bo‘yicha tahlil qilib, mas’ul tashkilotlarga yetkazish, |
1.Prezident virtual qabulxonasi tizimi orqali Xo‘jaobod tumanidan kelib tushgan murojaatlarning har bir soha (yo‘nalish, masala), tashkilot va mahallalar kesimidagi tahliliy ma’lumotini tayyorlash. 2.Takroriy va jamoaviy murojaatlar bo‘yicha har |
Doimiy |
Marhamat tuman Xalq qabulxonasi |
|
№ |
Amalga oshiriladigan ishlar |
Bajarilish mexanizmi |
Muddati |
Mas’ullar |
|
|
ularning belgilangan muddatda ko‘rib chiqilishi va qonuniy hal etilishini tashkil qilish. |
bir soha (yo‘nalish, masala), tashkilot va mahalla kesimida tahliliy ma’lumot tayyorlash. 3. Huquqiy maslahat va tushuntirish berilgan murojaatlarni har bir soha (yo‘nalish, masala) kesimida tahliliy ma’lumot tayyorlash. 4.Tahliliy ma’lumotlarni “tuman shtabi” orqali mutasaddi tashkilotlarga yetkazish va ijrosini nazorat qilish. |
|
|
|
7. |
Prezident Virtual va Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarni ishchi guruhlar tomonidan sohaviy (masalalar kesimida) o‘rganilishi (qayta o‘rganilishi)ni ta’minlash. |
1.Murojaatlar ko‘rib chiqilishi holati, samaradorligi (qanoatlantirish darajasi)ni va dinamikasini o‘rganish. 2.Murojaatlarni turlari (ariza, taklif, shikoyat) bo‘yicha o‘rganish. 3.Huquqiy maslahat va tushuntirish berilgan murojaatlarni murojaatchi ishtirokida qayta o‘rganish. 4.Takroriy, jamoaviy murojaatlar, ta’qib haqidagi xabarlarni murojaatchi ishtirokida (joyiga chiqqan holda) qayta o‘rganish. |
Doimiy |
Tumandagi bo‘lim, tashkilot va muassasa rahbarlari |
|
8. |
Murojaatlarga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash, tizimli muammolarning diagnostika qilinishini ta’minlash. |
|
Doimiy |
Marhamat tuman Xalq qabulxonasi, tumandagi bo‘lim, tashkilot va muassasa rahbarlari |
|
№ |
Amalga oshiriladigan ishlar |
Bajarilish mexanizmi |
Muddati |
Mas’ullar |
|
|
|
|
|
|
|
9. |
Marhamat tumanidagi 48 ta mahallada yettilik a’zolari tomonidan o‘z hududidan Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarning o‘rganilishini ta’minlash. |
|
Doimiy |
Marhamat tuman hokimligi, Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi, tuman Kambag‘alikni qisqartirish bo‘limi rahbari, tuman oila va xotin qizlar bo‘limi,tuman Yoshlar ishlaribo‘limi |
|
10. |
Mahallalarda mavjud muammolarni mahalla, tuman, viloyat va respublika miqyosida hal bo‘lish toifasiga qarab jamlash va muammolarni hal qilish |
1.Muammolarni aniqlash, yig‘ish va toifalash (aholi murojaatlari so‘rovnomalar, onlayn platformalar). 2Muammolarni darajalarga ajratish . 3.Mahalla doirasida hal bo‘lmaydigan |
Doimiy |
Marhamat tuman shtabi, Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi, |
|
№ |
Amalga oshiriladigan ishlar |
Bajarilish mexanizmi |
|
Muddati |
Mas’ullar |
|
|
bo‘yicha chora-tadbir ishlab chiqish. |
tizimli muammolar ro‘yxatini shakllantirish. 4.Muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash. 5.Muammolarni bartaraf etish uchun samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish. |
|
|
tuman Kambag‘alikni qisqartirish bo‘limi rahbari, tuman oila va xotin qizlar bo‘limi, tuman Yoshlar ishlari bo‘limi |
|
11. |
Eng ko‘p murojaatlar tushayotgan har bir tashkilot kesimida ariza va shikoyatlarga sabab bo‘layotgan tizimli muammolar yechimi bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish. |
1.Murojaatlarga sabab bo‘layotgan tizimli muammolar yechimi bo‘yicha sohaviy va manzilli o‘rganishlar asosidagi takliflarni birlashtirish. 2.Murojaatlar tahlili asosida har bir tizimli muammoni hal qilish metodikasi va institutsional mexanizmlarini o‘z ichiga olgan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish; 3.“Yo‘l xaritasi”da har bir tizimli muammo yechimi bo‘yicha amaliy, huquqiy, tashkiliy choratadbirlar, ularni amalga oshirish va nazorat mexanizmini ishlab chiqish, ijrochilar va muddat belgilash, bu bo‘yicha tegishli mas’ullar hisobdorligini ta’minlash. 4.Tizimli muammolarni hal qilish metodikasi va institutsional mexanizmlarini takomillashtirib borish. |
|
Doimiy |
Marhamat tuman Xalq qabulxonasi Mas’ul tashkilotlar rahbarlari |
|
III. Nazorat, tahlil va monitoring faoliyatini kuchaytirish |
|
||||
|
12. |
Eng ko‘p murojaat tushayotgan tashkilot va idoralarda rahbar o‘rinbosari boshchiligida aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, aholi ariza va shikoyatlariga sabab bo‘layotgan tizimli muammolarni tahlil qilish |
|
|
Doimiy |
Marhamat tuman Xalq qabulxonasi, tumandagi bo‘lim tashkilot va muassasa rahbarlari |
|
№ |
Amalga oshiriladigan ishlar |
Bajarilish mexanizmi |
Muddati |
Mas’ullar |
|
|
bo‘yicha nazorat-tahlil guruhlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish. |
qabulxonasi bilan doimiy hamkorlikni ta’minlash, takliflar ijrosi va nazoratini ta’minlash.
|
|
|
|
13. |
Sud-huquq tizimiga taalluqli murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish. |
1.Sud-huquq masalalaridagi murojaatlarni tahlil qilib, muammolarni kelib chiqish sabablarini aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan tizimli va manzilli chora- tadbirlar ishlab chiqish.
|
Doimiy |
Jinoyat ishlari bo‘yicha Marhamat tuman sudi, tuman prokuraturasi, tuman adliya, tuman IIB bo‘limi, Marhamat tumanXalq qabulxonasi |
|
14. |
Davlat idoralari mansabdor shaxslari xatti-harakatlari bo‘yicha ariza va shikoyatlar har tomonlama |
1. Davlat idoralari mansabdor shaxslari xattiharakatlari bo‘yicha har bir murojaatning kelib chiqish sabablari, bildirilgan e’tirozlarni har |
Doimiy |
Barcha bo‘limlar, |
|
№ |
Amalga oshiriladigan ishlar |
Bajarilish mexanizmi |
Muddati |
Mas’ullar |
|
|
o‘rganilishini ta’minlash. |
tomonlama o‘rganish.
|
|
tumandagi tashkilot va idoralar rahbarlari |
|
15. |
Tuman Xalq qabulxonasi tomonidan tuman prokuraturasi va adliya bo‘limi bilan hamkorlikda tuman tashkilot va idoralarida murojaatlar bilan ishlash holatini muntazam o‘rganib borish. |
1.O‘rganishlar reja-jadvalini shakllantirish.
|
Doimiy |
Marhamat tuman Xalq qabulxonasi, tuman prokuraturasi, tuman adliya bo‘limi |
|
16. |
Tuman tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan sohaviy tashkilotlar, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga, adliya, prokuratura idoralari va yuqori turuvchi tashkilotlarga tanqidiy-tahliliy hujjatlar kiritish. |
1.Aholi murojaatlari bilan ishlashdagi kamchiliklarni aniqlash. 2. Mas’ul idoralar faoliyatini tahliliy va tanqidiy baholash. 3.Muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatma va takliflar tayyorlash. |
Doimiy |
Marhamat tuman Xalq qabulxonasi, tuman prokuraturasi, tuman adliya bo‘limi |
|
17. |
Hududda murojaatlar bilan ishlash holatini tuman hokimi huzurida muhokama qilish. |
1. Tashkilot va idoralar kesimida tahliliy va statistik materiallar tayyorlash. |
Har oy yakuni bo‘yicha |
Marhamat tuman hokimi |
|
№ |
Amalga oshiriladigan ishlar |
Bajarilish mexanizmi |
Muddati |
Mas’ullar |
|
|
|
|
|
I.Umrzaqov, Marhamat tuman Xalq qabulxonasi |
|
18. |
Eng ko‘p murojaatlar tushayotgan tashkilotlarda murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rganish, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli tashkilot va idoralarga taklif va taqdimnomalar kiritish. |
|
Reja-jadval asosida |
Marhamat tuman Xalq qabulxonasi, tuman prokuraturasi tuman adliya bo‘limi |
|
19. |
Tuman hokimligi hamda tashkilotlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha xodimlari va "mahalla yettiligi" a’zolarining murojaatlar bilan ishlash faoliyatini muvofiqlashtirib borish. |
|
Doimiy |
Marhamat tuman Xalq qabulxonasi Mahallalar uyushmasining tuman bo‘limi, “mahalla yettiligi”ning yuqori turuvchi tuman tashkilotlari |
|
№ |
Amalga oshiriladigan ishlar |
Bajarilish mexanizmi |
Muddati |
Mas’ullar |
|
20. |
Aholi murojaatlari bilan ishlashda “mahalla yettiligi” bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. |
|
Doimiy, har oyda kamida bir marotaba |
Marhamat tuman Xalq qabulxonasi, Mahallalar uyushmasining tuman bo‘limi, “mahalla yettiligi”ning yuqori turuvchi tuman tashkilotlari |
|
IV. Fuqarolar qabullarini samarali tashkil etish |
||||
|
21. |
Murojaatlar tahlili asosida soha va yo‘nalishlarga mas’ul davlat organlari rahbarlari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning sayyor qabullarini o‘tkazish. |
1. Murojaatlar tahlil jarayonini tashkil etish. 2.Tahlil natijalariga ko‘ra, davlat organlari rahbarlari uchun mahalliy hokimliklar, deputatlar va boshqa mas’ul shaxslar bilan kelishuvlar asosida sayyor qabullarning aniq jadvalini belgilash.
|
Reja-jadval asosida |
Marhamat tuman hokimligi, Marhamat tuman Xalq qabulxonasi,Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi, tumandagi bo‘lim, tashkilot va muassasa rahbarlari |
|
22. |
Marhamat tuman hokimi, sohaviy tashkilotlar rahbarlari tomonidan muntazam ravishda fuqarolar uchun |
|
Doimiy |
Marhamat tuman hokimligi, tumandagi |
|
№ |
Amalga oshiriladigan ishlar |
Bajarilish mexanizmi |
Muddati |
Mas’ullar |
|
|
shaxsiy qabullar tashkil etish. |
uchun jamoatchilik va ommaviy tashkilotlarni jalb etish;
|
|
tashkilot va idoralar rahbarlari |
|
V. Jamoatchilik va OAV bilan ishlash |
||||
|
23. |
Tuman hokimligi matbuot xizmati Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda hududda murojaatlar bilan ishlash holatini yoritib borish hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda murojaatlar ko‘rib chiqilishiga oid e’tirozlarni o‘rganib borish. |
|
Doimiy |
Marhamat tuman hokimligi, Marhamat tuman Xalq qabulxonasi, tumandagi bo‘lim, tashkilot va muassasa rahbarlari, tuman hokimligi matbuot xizmati |
|
24. |
Tuman hokimining har oyda kamida bir marta ommaviy axborot vositalari yoki ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali murojaatlar bilan ishlash faoliyati, hududda muammolarni hal qilish bo‘yicha amalga oshirilgan va kelgusida bajariladigan ishlar hamda rejalar haqida keng jamoatchilikka |
|
har oyda kamida bir marta |
Marhamat tuman hokimining birinchi o‘rinbosari tuman hokimligi matbuot xizmati |
|
№ |
Amalga oshiriladigan ishlar |
Bajarilish mexanizmi |
Muddati |
Mas’ullar |
|
|
batafsil axborot berib borilishini ta’minlash. |
|
|
|
