QURILISH OBYEKTLARIDA ENERGIYA RESURSLARIDAN XAVFSIZ FOYDALANISH BO‘YICHA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
2026-11-09 09:45:00 / News
QURILISH OBYEKTLARIDA ENERGIYA RESURSLARIDAN XAVFSIZ FOYDALANISH BO‘YICHA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
«Energiya resurslaridan xavfsiz foydalanish oyligi» doirasida Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Qarshi shahar FVB mas’ullari tomonidan Qarshi shahridagi «Premium Qarshi» MCHJ qurilish obyektida ishchi-xizmatchilar ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda qurilish ishchilari bilan energiya resurslaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, elektr jihozlari hamda gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish, yong‘inlarning oldini olish va favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakatlanish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, ish jarayonida xavfsizlik talablariga qat’iy amal qilish, beparvolik va e’tiborsizlik oqibatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.





