KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
2026-10-24 09:25:00 / News
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
Qarshi tuman FVB inspektorlari “Qarshitumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda Bodomzor MFYdagi 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda 26–28-oktyabr kunlari o‘tkaziladigan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlariga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va yo‘riqnomalar berildi.






