QURILISH OBYEKTLARIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI NAZORATDA
2026-09-17 14:50:00 / News
QURILISH OBYEKTLARIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI NAZORATDA
Qashqadaryo viloyati FVB SHSPB inspektorlari tomonidan Qarshi shahrida yangidan bunyod etilayotgan qurilish obyektlarida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida quruvchi va ishchi-xizmatchilarga yong‘in kelib chiqishining asosiy sabablari, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartiblari tushuntirildi.
Yakunda ishtirokchilarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish zarurligi yana bir bor eslatib o‘tildi hamda ular tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.







