YIG‘MA KOMANDA KUCH VA VOSITALARINING SAF KO‘RIGI BO‘LIB O‘TMOQDA
2026-08-21 11:30:00 / News
YIG‘MA KOMANDA KUCH VA VOSITALARINING SAF KO‘RIGI BO‘LIB O‘TMOQDA
Bugun, 21-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami oldidan hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish davlat tizimi (FVDT) xizmatlariga kiruvchi tuzilmalarning kuch va vositalari shayligi yuzasidan saf ko‘rigi o‘tkazildi.
Qarshi shahrida tashkil etilgan saf ko‘rigida 43 ta maxsus texnika va zarur kuch vositalari jamlandi.
Ko‘rikdan asosiy maqsad — bayram tadbirlari davomida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tezkor javob qaytarish, texnika va jihozlarning sozligini baholash hamda xizmatlararo hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida texnika va kuch vositalarining shayligi ko‘zdan kechirildi, mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.










