Faxriylar kengashi a’zolari Shahrisabz shahridagi tarixiy obidalar bilan tanishdi
2026-08-21 09:15:00 / News
Faxriylar kengashi a’zolari Shahrisabz shahridagi tarixiy obidalar bilan tanishdi
Kecha, 20-avgust kuni Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari Faxriylar kengashi a’zolari Shahrisabz shahridagi tarixiy obidalarga sayohat uyushtirdi.
Sayohat davomida faxriylar Shahrisabz shahridagi tarixiy-madaniy meros maskanlari bilan yaqindan tanishib, yurtimizning boy tarixi va ajdodlarimizdan qolgan bebaho meros haqida taassurotlar oldi.
Shuningdek, faxriylar Shahrisabz Temurbeklar harbiy akademik litseyi o‘quvchilari bilan uchrashib, ular uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’lim va tarbiya jarayoni hamda o‘quvchilarning mashg‘ulotlari bilan tanishdi.
Mazkur uchrashuv faxriylar va yoshlar o‘rtasidagi avlodlar davomiyligini mustahkamlash, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.










