Boshqarma boshlig‘i obyekt faoliyati bilan tanishdi
2026-07-17 17:50:00 / News
Boshqarma boshlig‘i obyekt faoliyati bilan tanishdi
Polkovnik F. Mirzayev "Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi"ga tashrifi davomida korxonaning muhim ishlab chiqarish obyektlari faoliyatini ko'zdan kechirdi.
Jarayonda "Neft mahsulotlarini quyish-jo‘natish sexi"ning kuzatuvchilar xonasida bo‘lib, obyektning yong‘inga qarshi ichki suv ta’minoti tizimining sozligi o‘rganildi. Shuningdek, ishchi-xizmatchilarning favqulodda vaziyatlarga qay darajada tayyorliklari yuzasidan subbatlashdi.
Bundan tashqari, texnologik jarayonlar ustidan olib borilayotgan nazorat, xavfsizlik tizimlarining ishlash holati hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.
Yakunda mas’ullarga yong‘in va sanoat xavfsizligi talablariga rioya etish, ishchi-xizmatchilarning favqulodda vaziyatlarga shayligini muntazam oshirib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.





