🚫 "Sizga nima farqi bor?.."
2026-07-17 14:55:00 / News
🚫 "Sizga nima farqi bor?.."
Bugungidek yozning jazirama kunlarida tabiiyki, hammamiz salqin suv havzalari tomon oshiqamiz. Ayniqsa, bolajonlarni suvdan chiqarib boʻlmaydi.
Biroq, ruxsat etilmagan, choʻmilish taqiqlangan xavfli hududlarda suvga tushish ogʻir fojialarga sabab boʻlishi mumkin. Shu bois, joylardagi FVB inspektorlari tomonidan tinimsiz reydlar va profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Reydlar davomida afsuski, katta yoshli fuqarolarning masʼuliyatsizligiga tez-tez duch kelinmoqda. Bolalarni-ku yosh deylik, ammo taqiqlangan xavfli hududlarda suvga shoʻngʻib, oʻzlariga tanbeh va tushuncha bermoqchi boʻlgan osoyishtalik posbonlariga "Sizga nima farqi bor?" deya eʼtiroz bildirayotgan kattalarga nima deyish mumkin?
Aziz yurtdoshlar! Oʻzingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qoʻymang. Ogohlik va qoidalarga rioya qilish — xotirjamligimiz garovidir!




