Ma’naviyat soati: FVBda qonun ustuvorligi va xizmat intizomi – bosh mezon
2026-07-17 09:45:00 / News
Ma’naviyat soati: FVBda qonun ustuvorligi va xizmat intizomi – bosh mezon
Bugun, 17-iyul kuni Boshqarmada shaxsiy tarkib ishtirokida navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat soati o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda mutaxassislar tomonidan tizimda qonunbuzarliklarning oldini olish, xizmat va ijro intizomini mustahkamlash hamda xodimlarning mas’uliyatini yanada oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Xususan, jinoyatchilik va intizom buzilishi holatlarining barvaqt oldini olish, yo‘l-transport hodisalarini kamaytirish hamda haydovchilik madaniyatini yuksaltirish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, oilaviy nizolarning oldini olish, xizmat faoliyatida halollik tamoyillarini mustahkamlash va korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni qaror toptirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.










