Yakkabog‘dagi oromgohda vatanparvarlik va qutqaruvchilik ruhidagi tadbir o‘tkazildi
2026-06-15 09:15:00 / News
Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ullari tomonidan Yakkabog‘ tumanidagi “Temur avlodlari” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi.
Tadbirda “Qutqaruvchi bolalar” musobaqasi o‘tkazilib, unda oromgohda dam olayotgan bolajonlar faol ishtirok etdi. Ishtirokchilar qutqaruvchilik kasbining mashaqqatlari, mas’uliyati va o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishib, turli amaliy shartlarni bajarish orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab oldilar.
Musobaqa yakunida faol qatnashgan hamda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.
Tadbir yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda qutqaruvchilik kasbiga qiziqishini oshirishga xizmat qildi.










