“Sohibquron” bolalar oromgohida favqulodda vaziyatlarga shaylik sinovdan o‘tkazildi
2026-06-01 13:00:00 / News
Kecha, 31-may kuni Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ullari tomonidan Yakkabog‘ tumanida joylashgan “Sohibquron” bolalar oromgohida ishchi-xizmatchilarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasi sinovdan o‘tkazildi.
Tadbir davomida oromgoh xodimlarining favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish, bolalarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, yong‘in va boshqa ko‘ngilsiz holatlarda tezkor hamda muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari baholandi.
Shuningdek, mas’ullar tomonidan mavjud yong‘in xavfsizligi vositalari, evakuatsiya yo‘laklari hamda favqulodda vaziyatlarda harakatlanish tartibi ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.










