Mavsum oldidan oʻquv mashgʻuloti oʻtkazilmoqda
2026-06-01 16:55:00 / News
Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik M. Ostonov rahbarligida Yakkabog‘ tumanida joylashgan “Yosh kimyogar” bolalar oromgohida amaliy-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Mashqda favqulodda vaziyat yuzaga kelganda xodimlarning tezkor harakatlanishi, dam oluvchilarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish hamda tegishli xizmatlarning o‘zaro hamkorlikdagi harakatlari amalda sinovdan o‘tkazildi.









