Yozgi mavsum oldidan oromgohlarda xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda
2026-05-31 12:20:00 / News
Avval xabar berganimizdek, mavsum oldidan oromgohlarda ishchi-xizmatchilarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini oshirish hamda tegishli xizmatlarning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash maqsadida amaliy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
Yakkabogʼ tumanidagi "Sirli Koinot" bolalar oromgohida tashkil etilgan amaliy-taktik mashq davomida favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda xodimlarning tezkor harakatlanishi, dam oluvchilarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, shuningdek, tegishli xizmatlarning hamkorlikdagi harakatlari amalda sinovdan o‘tkazildi.
Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur tadbirlar yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini xavfsiz va ko‘ngildagidek o‘tkazishga xizmat qiladi.










