O‘QUV MASHQI
2026-05-16 18:00:00 / News
Bugun 16-may kuni Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik M. Ostonov rahbarligida 25-may — “So‘nggi qo‘ng‘iroq” hamda 1-iyun — Bolalarni himoya qilish kuni bayramlari arafasida hamkor xizmatlarning shayligini oshirish maqsadida Qarshi shahridagi “A.Navoiy” nomidagi istirohat bog‘ida o‘quv mashqi tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida hamkorlikdagi xizmatlarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi amaliy jihatdan sinovdan o‘tkazildi.
❗️Jarayonda daxldor xizmatlar tomonidan elektr ta’minotidagi uzilishlar yoki boshqa sabablar tufayli attraksionning yuqori qismida qolib ketgan fuqarolarni xavfsiz hududga olib chiqish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, qisqa vaqt ichida elektr ta’minotini tiklash hamda shartli yong‘in oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan harakatlarga baho berildi.










