Rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
2026-05-14 14:35:00 / News
Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Boshqarma boshlig‘i, polkovnik F. Mirzayev ishtirokida Qamashi tumanidagi 52-maktabda rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarga vatanparvarlik, kasb tanlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda hayot xavfsizligi qoidalariga rioya etishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi hamda “Temurbeklar maktabi”da yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim jarayonlari va yoshlarga berilayotgan e’tibor haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida yoshlarning qiziqtirgan savollariga javob berilib, ularni bilimli, intiluvchan va Vatanga sadoqatli bo‘lishga chaqirildi.




