Qarshi shahrida noqonuniy qurilish ishlari to‘xtatildi
2026-05-12 14:55:00 / News
Qashqadaryo viloyati FVB boshlig‘i polkovnik F. Mirzayev hamda tegishli hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda Qarshi shahrida tegishli hujjatlarsiz qurilayotgan obyektda qurilish ishlari to‘xtatildi
Nazorat tadbiri davomida obyekt qurilishi ruxsatnoma va tegishli hujjatlarsiz olib borilayotgani aniqlandi. Holat yuzasidan mas’ullarga bir necha bor ogohlantirish berilganiga qaramay qurilish ishlari davom ettirilgani sababli obyektda buzish ishlari amalga oshirildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — noqonuniy qurilishlarning oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlashdan iborat.






