Yakkabog‘ tumanida “ECO BOZOR ” savdo majmuasida profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi
2026-05-12 14:30:00 / News
Yakkabog‘ tumanida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ullari tomonidan “Favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 30 kun” oyligi doirasida “ECO BOZOR ” savdo majmuasida faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan keng ko‘lamli profilaktik targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartiblari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mas’ullar tomonidan xodimlarga favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda ehtimoliy xavflarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.







