Zilzila va suvdagi xavflardan ogohlik — o‘quvchilar bilan muhim uchrashuv
2026-05-07 15:50:00 / News
Kasbi tumani FVB mas’ullari tomonidan "Favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo'yicha “Dolzarb 30 kun” oyligi" doirasida tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quvchilar ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda o‘quvchilarga zilzila sodir bo‘lgan vaqtda to‘g‘ri harakatlanish qoidalari, shuningdek, ta'qiqlangan hududlarda cho‘milishning xavfli oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, mavzuga oid maxsus videorolik namoyish etilib, favqulodda vaziyatlarda inson hayoti va xavfsizligini saqlab qolish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Amaliy mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarga zilzila vaqtida xavfsiz joyni tanlash, binoni tartibli tark etish hamda vahimaga berilmasdan harakat qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi.







