Rossiya Federatsiyasida Shanxay hamkorlik tashkilot (ShHT)iga aʼzo davlatlar taʼlim vazirlarining sakkizinchi majlisi bo‘lib o‘tdi
2024-04-18 16:35:00 / Vazirlik yangiliklari
18-aprel kuni Moskva shahrida oʻtkazilgan ushbu anjumanda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov ishtirok etdi.
Unda “ShHTga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim”ni 2024–2026-yillarda amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasi, “ShHT faxriy ta’lim xodimi” ko‘krak nishonini ta’sis etish kabi masalalar hamda mintaqa oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Yigʻilish davomida tashkilotga a’zo davlatlarning oliy ta’lim vazirliklari bilan ikki tomonlama muzokaralar olib borildi.
Ma’lumot uchun: ShHT davlatlari ta’lim vazirlari o‘rtasidagi ushbu hamkorlik mexanizmi 2006-yildan buyon ishlab kelmoqda.