Texnik qo‘mita mutaxassislarining malakasini oshirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi
2024-04-05 12:00:00 / Yangiliklar
Unda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazir oʻrinbosari Jusipbek Kazbekov, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov, Texnik qoʻmita aʼzolari, agentlik tizim rahbarlari va “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasi xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda ekologiya sohasidagi texnik qo‘mita faoliyatini jadallashtirish, bunda mavjud standartlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish, ularni rivojlangan davlatlar, shu jumladan, Yevropa Ittifoqi standartlari asosida qayta koʻrib chiqish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, sohaga tegishli boʻlgan yangi standartlar loyihalarini ishlab chiqish, standarlarning talab va meʼyorlariga ham e'tibor qaratildi.
Yakunda ekologiya sohasidagi texnik qo‘mitaning joriy yil ish rejasini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida kelishib olindi.