O‘zbekistonda tabiiy suv havzalarida baliq ovlash taqiqlanmoqda
2024-03-28 10:55:00 / Yangiliklar
10-martdan boshlab respublikamizning barcha hududlaridagi tabiiy suv havzalarida baliq ovlash taqiqlanmoqda. Ushbu taqiq Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi 627-sonli Qonuniga asosan joriy qilinmoqda.

Demak, baliqlarning urug‘ qo‘yish mavsumi davomida Amudaryo va Sirdaryo suv havzalarida 10-martdan 31-mayga qadar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati suv havzalarida 25-apreldan 10-iyunga qadar va boshqa barcha suv havzalarida 16-apreldan 31-mayga qadar baliq ovlash mumkin emas.
Shuningdek, taqiq davrida brakonyerlarga qarshi kurash kuchaytiriladi. Noqonuniy baliq ovlaganlarga esa keskin chora ko‘riladi.