Asosiy kontentga o'tish

“Qishda qushlarga koʻmak”: o‘quvchilar tomonidan 100 ta qush uyasi yasaldi

2024-11-22 09:00:00 / Yangiliklar

20-noyabr kuni Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 129-maktabda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Uchtepa tumani hokimligi hamkorligida “Qishda qushlarga koʻmak” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda maktab oʻqituvchilari, eko-faol o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Maqsad o‘quvchilarda ekologik madaniyat va tabiatga mehr, jonivorlarga gʻamxoʻrlik koʻnikmalarini shakllantirish, ularning atrof-muhitni asrashga boʻlgan masʼuliyatini oshirish hamda aniq, tabiiy va amaliy fanlar boʻyicha bilimlarini qoʻllashga oʻrgatish, ijodiy qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishdir. 

Tadbir doirasida maktabning 1–7-sinf oʻquvchilari oʻrtasida chiqindilardan qush uyalarini yasash bo‘yicha ijodiy tanlov ham oʻtkazildi. Tanlov davomida bolalar tomonidan jami 100 ta quy uyasi yasaldi. Yakunda eng yaxshi ishtirokchilar munosib taqdirlandi. Bu aksiya eng ko‘p qush ini yasalgan aksiyaga aylandi.

Ma'lumot uchun, bu kabi aksiyalar Ekologiya vazirligi tomonidan doimiy o'tkazib kelinadi. Xususan, 3-fevral — Xalqaro qushlarni oziqlantirish kuniga bagʻishlab “Qishda qushlarga koʻmak” aksiyasi tashkil qilingan.

148

Oxirgi yangilanish: 2024-11-22 11:12:38