O‘zbekiston xalqaro ekologik maydondagi ishtirokini kuchaytirmoqda
2024-09-30 17:55:00 / Yangiliklar
ESB dasturi YeIK'ga a'zo mamlakatlarga atrof-muhitni boshqarish va samaradorligini oshirishda yordam beradi va qo'llab-quvvatlaydi, mamlakatlar o'rtasida siyosat va tajribalar bo'yicha ma'lumot almashishni rag'batlantiradi, ekologik siyosatni iqtisodiy sektorlarga integratsiyalashuviga yordam beradi, xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikni mustahkamlaydi va tegishli Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va monitoringini olib borishga hissa qo‘shadi.
2023–2026-yillarga moʻljallangan Ekspertlar guruhi tarkibi 10–14 nafar ishtirokchidan iborat boʻlib, ular orasida Estoniya, Gruziya, Germaniya, Italiya, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya, Ruminiya va Shveytsariya ekspertlari ham bor.
Ekspertlar guruhi tarkibiga kirgan Xoniya Asilbekova Ekologiya vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazi axborot-tahlil boshqarmasiga rahbarlik qiladi. Ekologiya sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega, kimyo fanlari nomzodi, chiqindilar va kimyoviy boshqaruv, ekologik ta'lim va xabardorlik tashabbuslariga ixtisoslashgan. 2009–2017-yillarda X.Asilbekova O‘zbekiston atrof-muhitni muhofaza qilish tashkiloti ilmiy-texnikaviy kengashi faoliyatini muvofiqlashtirib, O‘zbekistonda barqaror rivojlanish uchun ta’limni amalga oshirishda muhim rol o‘ynadi.
U yaqinda UNEP, YeIK va FAO bilan hamkorlikda tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhit holati to‘g‘risidagi Milliy hisobotni tayyorlash bo‘yicha milliy jamoaga rahbarlik qildi. X. Asilbekova turli xalqaro loyihalarda, jumladan, “Oʻzbekistonda kimyoviy moddalarni xalqaro tartibga solishni amalga oshirishga strategik yondashuv va kompleks milliy dasturni ishlab chiqish” va “Oʻzbekistonda kimyoviy moddalarni xalqaro tartibga solish va GHSni amalga oshirishga strategik yondashuvni qoʻllab-quvvatlash” ( UNITAR) loyihalariga ham hissa qo‘shdi. Hozirda u UNEP Maxsus dasturi — “O‘zbekistonning Bazel va Stokgolm konvensiyalarini amalga oshirishda institutsional salohiyatini mustahkamlash hamda Rotterdam va Minamoto konvensiyalariga qo‘shilishini rag‘batlantirish” loyihasining, shuningdek, FAO-Yevropa Ittifoqining “O‘zbekistonda xavfli kimyoviy moddalar bilan xavfsiz ishlash bo‘yicha texnik yordam” loyihasining yetakchi eksporti hisoblanadi.