"Hisor" davlat qoʻriqxonasida qor yog‘di
2024-09-30 16:50:00 / Yangiliklar
Qo‘riqxona 1983-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Qashqadaryo viloyatidagi Hisor togʻ tizmasi janubiy qismida, dengiz sathidan 1750–4349 metrgacha balandlikda joylashgan. Janubi-sharq tomonidan Surxondaryo viloyati bilan, shimol tomonidan Tojikiston bilan chegaradosh.
Qoʻriqxona hududida umurtqali hayvonlarning 250 dan ortiq turi uchraydi. Bundan tashqari, baliqlarning 2 turi (shundan Amudaryo gul baligʻi — forel Oʻzbekiston Qizil kitobida), 17 turdagi sudralib yuruvchilar, 200 dan ortiq turdagi qushlar, 30 dan ortiq tur sut emizuvchi hayvonlar ham bor. Ulardan 9 turi Qizil kitobga kiritilgan.
Shuningdek, qoʻriqxonada umurtqasiz hayvonlarning 950 turi, qushlarning 200 dan ortiq turi uchraydi. Ulardan 109 turi qoʻriqxona hududida doimiy yashovchi va 116 turi migratsiya davrida uchib oʻtuvchi qushlardir. 8 turdagi qushlar Oʻzbekiston Qizil kitobidan joy olgan.