Ertaga — respublikamiz bo‘ylab navbatdagi "Avtomobilsiz kun"
2024-09-24 12:45:00 / Yangiliklar
Aksiya O‘zbekiston Prezidentining 21-fevraldagi 37-sonli qaroriga muvofiq har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
25-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan barcha davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga, yurtdoshlarimizga shaxsiy transport vositalaridan voz kechib, jamoat transporti, velosiped kabi atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Hurmatli yurtdoshlar! “Avtomobilsiz kun” jamoat loyihasiga befarq bo‘lmang! O‘zimiz nafas olayotgan havo toza bo‘lishiga hissa qo‘shing. Buning uchun esa shaxsiy avtomobillardan voz kechib, ekologik toza transport vositalaridan foydalanish tavsiya qilinadi. Unutmang, atrof-muhitni asrash barchamizning burchimizdir.