Andijonda noqonuniy qum qazigan huquqbuzar javobgarlikka tortildi
2024-09-19 15:10:00 / Yangiliklar
Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri o'tkazildi.
Mazkur reyd davomida Oltinko'l tumani, Andijon MFYdagi daryo o'zanidan fuqaro M.K. hech qanday hujjatlarsiz o'z boshqaruvidagi ekskavator yordamida noqonuniy qum qazib, yuk tashuvchi mashinaga yuklagani aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi prim 1-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari — 10 million 200 ming so'm miqdorida jarimaga tortildi.
Ma'lumot uchun, noqonuniy qum-shag‘al qazib olishga qarshi reyd tadbirlari doimiy tarzda davom ettirilmoqda. Bu kabi huquqbuzarliklar qonuniy javobgarlikka sabab bo‘ladi.