Asosiy kontentga o'tish

Surxondaryoda Buxoro bug’usi bolaladi

2024-09-13 13:45:00 / Yangiliklar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaxa qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi tasarrufidagi Termiz hayvonot bog’ida Buxoro bug’usi (xongul) bolaladi.

Hozirda yosh bug’uning ahvoli yaxshi, u veterinarlarning nazorati ostida.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda hayvonot bog’ida jami 4 bosh (2 bosh erkak va 2 bosh urg’ochi) xongul parvarish qilinmoqda. Xongul yo’qolib borayotgan tur sifatida O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Amudaryo vodiysining yuqori (Surxondaryo viloyati) va o‘rta (Buxoro viloyati Qizilqum qo‘riqxonasi) oqimida yashaydi. 

Shuningdek, Zarafshon milliy tabiat bog‘i va Quyi Amudaryo biosfera rezervati, Zarafshon daryosi yuqorisida – O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida aborigen populyatsiyalari, introduksiya va reintroduksiya yo‘li bilan yuzaga kelgan sun’iy guruhlari mavjud.

740

Oxirgi yangilanish: 2024-09-13 15:04:07

Surxondaryoda Buxoro bug’usi bolaladi