“Avtomobilsiz kun”: shaxsiy transport vositasidan voz keching!
2024-08-27 11:15:00 / Yangiliklar
28-avgust, chorshanba kuni Toshkent shahrida navbatdagi "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o‘tkaziladi.
Aksiya O‘zbekiston Prezidentining 21-fevraldagi 37-sonli qaroriga muvofiq har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
28-avgust kuni poytaxtimizdagi davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga, barcha fuqarolarga shaxsiy transport vositalaridan voz kechib, jamoat transporti, velosiped kabi atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Hurmatli yurtdoshlar! Barchangizni “Avtomobilsiz kun” jamoat loyihasiga befarq bo‘lmaslikka, ekologik toza transport vositalaridan foydalanishga chaqiramiz. Zero atrof-muhitni asrash barchamizning burchimizdir.