Asosiy kontentga o'tish

"Wiki Loves Earth–2024" tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

2024-08-16 12:50:00 / Yangiliklar

"Wiki Loves Earth–2024" (“Wiki yerni sevadi”) xalqaro fototanlovining respublika bosqichi yakunlari sarhisob qilindi. Bu yil O‘zbekiston mazkur tanlovda ikkinchi bor ishtirok etmoqda va ushbu tadbirga katta qiziqish bildirmoqda.

Tanlov uchun suratlarning umumiy soni 2048 tani tashkil etib, bu oʻzbek xalqining bunyodkorlik salohiyati yuqori va rang-barang ekanligini taʼkidlaydi. 49 nafar muallif O‘zbekiston tabiatining go‘zalligini aks ettiruvchi fotosuratlarni taqdim etdi.

Natijada tanlovning xalqaro bosqichiga 8 nafar muallifning 13 ta fotosurati tanlab olindi. Tanlovning respublika bosqichi natijalari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://commons.wikimedia.org/wiki/Commons:Wiki_Loves_Earth_2024_in_Uzbekistan/Results/ru

Ta'kidlash joizki, g‘olib deb topilgan suratlar “Wiki Loves Earth–2024” tanlovining xalqaro bosqichida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Bu ajoyib tabiat manzaralarini namoyish etish va mamlakatning atrof-muhitga bo'lgan sadoqatini va g'amxo'rligini yana bir bor tasdiqlash uchun noyob imkoniyatdir. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekiston surati xalqaro tanlov g‘oliblari qatoridan joy olgan edi.

825

Oxirgi yangilanish: 2024-08-16 13:01:09

"Wiki Loves Earth–2024" tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi