Tadbirkorlik subyekti tomonidan tabiatga 80 million so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
2024-08-15 15:05:00 / Yangiliklar
Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari olib borildi.
Reyd davomida tadbirkorlik subyekti tomonidan Boysun davlat o’rmon xo’jaligining “Alachapon” bo’limi 2-aylanma 5-kvartal hududidan ko’mir qazib olinib, tashilayotganida yo‘ldagi 16 tup Zarafshon archasi va 2 tup uchqat daraxtlari ildiz qismi bilan qo‘porilib, kesib, sindirilgani ma'lum bo‘ldi.
Shuningdek, 49 tup Zarafshon archasi va 1 tup uchqat daraxti o‘sishdan to‘xtamaydigan darajada shikastlantirilgan. Natijada tabiatga 83 mln 810 ming so‘mlik zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar tegishli tartibda chora ko‘rish maqsadida sud organlariga yuborish uchun tayyorlanmoqda.