Asosiy kontentga o'tish

Ekologik san’at: “Daraxtlar ovozi” Samarqand art-loyihasi yosh iste’dodlarni kutmoqda

2024-08-08 10:35:00 / Yangiliklar

Samarqand shahridagi "Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universitetining "Art Station" rezidensiyasida Britaniya Kengashining "Creative Collaborations" dasturi ko‘magida “Daraxtlar ovozi” ekologik badiiy loyihasida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinadi.

Loyiha daraxtlarni kesish va O‘zbekistonda o‘sib borayotgan urbanizatsiya oqibatlari kabi dolzarb masalalarga badiiy javob yaratishga qaratilgan.

Unda o‘zlariga badiiy jamoa topish va badiiy mahoratini kengaytirishga intilayotgan samarqandlik yosh shoirlar, yozuvchilar, rassomlar va fotograflar ishtirok etishlari mumkin. Tashkilotchilar adabiyot, falsafa, jurnalistika yoki ingliz filologiyasi fakultetlaridan original matn yozishga qiziqqan talabalar, shuningdek, ijodkor yoshlar, ekologiya va san’at faollari, loyiha mavzusiga va rivojlanib borayotgan "Art Station" san'at hamjamiyatiga qo'shilishni istagan faollarni taklif etadi.

Loyihada ishtirok etish uchun 2024-yil 15-avgustgacha quyidagi havola orqali ariza qoldirishingiz kerak 
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfKHnglEP2cSyaMJwkn__A_8s3a_smDfZrQOop7HeSb8_7Lqw/view=0&view=0&form=v .

Ishtirokchilarning yoshi 17 yosh va undan katta bo‘lishi lozim.

458

Oxirgi yangilanish: 2024-08-12 11:46:40

Ekologik san’at: “Daraxtlar ovozi” Samarqand art-loyihasi yosh iste’dodlarni kutmoqda