Xitoy kompaniyalari bilan O‘zbekistonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarish bo‘yicha memorandum imzolandi
2024-08-06 15:00:00 / Yangiliklar
Uchrashuvda O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya kiritilishi mumkin bo’lgan sohalar hamda investorlarga taqdim etiladigan umumiy preferensiyalar haqida ma’lumot berildi.
Xitoy kompaniyasi bosh direktori Chen Shien O’zbekistonda amalga oshirilishi kutilayotgan istiqbolli rejalar haqida so’z yuritdi. Shuningdek, chiqindi tashish uchun mo’ljallangan poligonlar bilan bir qatorda oqova suv tozalash inshootlari faoliyatiga ham qiziqish bildirildi.
Bundan tashqari, mehmonlar Vazirlik huzuridagi Situatsion markaz, Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish Respublika markazi, chiqindilarni boshqarish poligon direksiyasi faoliyati bilan tanishishdi.
Tashrif yakunida “Chengdu Environment Investment Group” davlat korxonasi tarkibidagi “Chengdu Xingrong Renewable Energy Co., Ltd” va “Chengdu Shiny Technology Co., Ltd.” kompaniyalari bilan O‘zbekistonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.